Bugun 10 may, 2024 yil, juma

КИР

Samsung mashhur smartfonlar lineykasini “o‘ldiradi”

Samsung mashhur smartfonlar lineykasini “o‘ldiradi”

Samsung yaqinda o‘z siyosatini biroz o‘zgartirib, o‘rta sinfdagi smartfonlariga innovasion funksiyalarni kirita boshladi. Manbalarning xabar berishicha, kompaniya o‘rta sinfdagi smartfonlaridan birini “o‘ldiradi”. Ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotlarini imkon qadar kuchaytirish va brend mahsulotlarini taniqli qilish natijasida Galaxy A lineykasi endi o‘rta sinfdagi asosiy smartfon bo‘ladi.

Electronic Times’ning, xabar berishicha, Samsung kompaniyasi Galaxy J lineykasini boshqa mashhur Galaxy A tarkibiga kiritib yuborib, yagona o‘rta narxdagi segment yaratadi.

Umuman, mazkur bozor kompaniya uchun muhim ahamiyatga egadir va ayrim mish-mishlarga ko‘ra, aynan Galaxy A qurilmalari birinchi bo‘lib uchta kamerani qo‘lga kiritadi. Bundan tashqari, kompaniyaning byudjet lineykasi bo‘lgan Galaxy ON endi Galaxy M deb nomlanadi. Lekin bu bozor asosan Xitoy va Hindistonda bo‘lib, kelajakda kengayadimi-yo‘qmi, aniq emas. Endi iste’molchilarga barchasi ravshan: Galaxy S – flagmanlar, Galaxy A – o‘rta diapazon, Galaxy M esa arzon qurilmalardir.

Manba: qalampir. com

Kiritildi: 21:40 18.09.2018. O'qildi: 1203 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!