O‘zini hurmat qilgan smartfonsozlar odatda turli mahsulotlarining dasturiy ta’minotlarini yangilab, hamisha ularga xizmat ko‘rsatib borishadi. Janubiy koreyalik korporasiya ham bu borada o‘zining A-brend, ya’ni sifatli, qimmatbaho mahsulotlar chiqaruvchi nufuzli brend ekanini namoyon etmoqda.Samsung o‘zining nafaqat flagmanlari, balki barcha narx toifalaridagi smartfonlariga eng so‘nggi talqindagi operasion tizim asosida proshivka ishlab chiqmoqda. Jumladan, bugun Android Pie bazasidagi proshivka ushbu kompaniyaning arzon modellari Galaxy J4+ hamda Galaxy J6+ smartfonlari uchun taqdim etildi.Xabarga ko‘ra, yangi proshivka dastlab Vyetnam, Tailand va Ukraina hududlaridagi Galaxy J4+ va Galaxy J6+ smartfonlariga tarqatilgan. Ikkinchi bosqichda mazkur apdeytni Germaniya, Iroq va Hindistondagi foydalanuvchilar qabul qilib olishadi.
Shu tariqa, butun dunyo bo‘ylab ko‘plab hamyonbop Samsung smartfonlari eng so‘nggi talqingacha yangilanadi. Apdeyt nafaqat to‘qqizinchi avlod Android versiyasini, balki yangilangan One UI interfeysini hamda apreldagi xavfsizlik patchlarini ham olib keladi.
Manba:terabayt.uz