Turkish Airlines aviakompaniyasining uchuvchisi AQShning Sietl shahridan Istanbulga uchayotgan vaqtda vafot etdi.
59 yoshli samolyot qo‘mondoni Ilchexin Pehlivan Kanada hududi ustida parvoz paytida hushini yo‘qotgan, ekipaj Nyu-Yorkka favqulodda qo‘nishga qaror qildi. Uchuvchi qo‘nishdan oldin vafot etgan.
U 2007 yildan beri aviakompaniyada ishlagan va muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, sog‘lig‘ida hech qanday muammo aniqlanmagan, deydi aviakompaniya matbuot kotibi.
Pehlivanning o‘limi sabablari hozircha ma’lum qilinmagan.