Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Samarqandlik otaxonga kredit bermay, sarson qilgan bank rahbari jazolandi

Samarqandlik otaxonga kredit bermay, sarson qilgan bank rahbari jazolandi

24 iyul kuni "Zamon" yangiliklar dasturida Samarqand viloyati Payariq tumani Quduqcha qishlog‘ida yashovchi fuqaro tuman Xalq banki filialidan kredit ololmayotgani haqida reportaj e’lon qilindi.

Ushbu holatni o‘rganish maqsadida viloyat Xalq banki vakillari bugun, 26 iyul kuni fuqaroning uyiga bordi. Fuqaro Erkin Nuriddinovning arzini tinglab, kreditga layoqatliligini o‘rganishdi.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, hujjatlarni qaytadan onlayn topshirgach, otaxonga uzog‘i 5 bank ish kunida kredit ajratilishini ma’lum qilishdi.

Fuqaroni shuncha vaqtdan buyon sarson qilib kelgan Payariq tumani Xalq banki rahbari va kredit bo‘limi boshlig‘iga intizomiy jazo chorasi ko‘rildi.

Kiritildi: 18:24 26.07.2020. O'qildi: 4633 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!