Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Samarqanddagi siam egizaklari vafot etdi

Samarqanddagi siam egizaklari vafot etdi

Samarqand viloyatida 27 iyun kuni ikki boshli chaqaloq dunyoga kelganligi haqida xabar berilgan edi. «Daryo» muxbiri Farhod Norbo‘tayevning viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatiga asoslanib xabar berishicha, egizaklar 6 iyul kuni vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, M.CH. ismli ayol 25 iyun kuni homilaning 38 haftaligi bilan viloyat perinatal markaziga murojaat qilgan. 27 iyun kuni undan ikki boshli chaqaloq dunyoga kelgan.

Chaqaloqlarda nafas va yurak yetishmovchiligi borligi, ular doimiy namlangan va ilitilgan kislorod bilan nafas olishi hamda tajribali mutaxassislar nazoratida bo‘lishi uchun egizaklar 29 iyun kuni Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga o‘tkazilgan edi.

Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifokorlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor reanimasion muolajalarga qaramay, siam egizaklarining birinchisi 6 iyul kuni soat 7:50 da, ikkinchisi 10:50 da — chaqaloqlarda ko‘p sonli tug‘ma rivojlanish nuqsonlari borligi sababli, nafas va yurak yetishmovchiligi tufayli vafot etgan.

Kiritildi: 14:28 06.07.2020. O'qildi: 5440 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!