Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Samarqanddagi musiqa maktabida bo‘sh ish joylari yashirilgani aniqlandi

Samarqanddagi musiqa maktabida bo‘sh ish joylari yashirilgani aniqlandi

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 30-son bolalar musiqa va san’at maktabi 2019 yil 7 iyun holatiga bo‘sh ish o‘rinlari yo‘q, degan hisobot taqdim etgan. Vaholanki, bu maktab o‘qituvchi va konsertmeysterlarining tarifikasiyasida torli cholg‘ular va gitara fani o‘qituvchisi ish o‘rni vakantligi ko‘rsatilgan.

Xuddi shunday qonunbuzilishga Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 15-son bolalar musiqa va san’at maktabida ham yo‘l qo‘yilgan. Maktab 1,5 stavka bo‘sh ish o‘rni mavjudligi haqida noto‘g‘ri ma’lumot bergan. Tekshirish davomida maktabda haqiqatda 2,5 shtat birligida bo‘sh ish joy borligi aniqlangan.

Har ikkala holatda ham maktabning mansabdor xodimlari bilib turib belgilangan talabni buzishgan. Shu sababli 30-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.Abdullayeva va 15-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari SH.Babayevga nisbatan MJtKning 229-moddasida belgilangan talablarni buzgani sababli, ularning har biriga nisbatan 608 ming 190 so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

Kiritildi: 10:52 19.08.2019. O'qildi: 1818 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!