2018 yil 23 iyul kuni OAVda Samarqand shahridagi 64-sonli alohida saqlash sharoitlari, tarbiya va ta’limga muhtoj o‘g‘il bolalar uchun ixtisoslashgan maktab rahbarlari va tarbiyachilar tarbiyalanuvchilarni kaltaklab kelayotgani haqida xabar paydo bo‘lgan edi.
Mazkur ish Bosh prokuratura rahbariyati alohida nazoratiga olinib, shaxsan Samarqand viloyati prokurori tomonidan olib borilgan.
O‘zAning yozishicha, holat o‘rganilganida, Samarqand shahar sudi hukmiga ko‘ra, maktab rahbarlari uzoq muddatga qamalgan edilar.
Sadinovlar ishi Samarqand viloyat sudida apellyasiya tartibida qayta ko‘rildi. Viloyat sudi ishni uzoq o‘rganib, barcha jabrlanuvchilar va guvohlar, shuningdek, qo‘shimcha guvohlar ham so‘roq qilindi.
Sud davomida Samarqand shahar sudi shoshma-shosharlik bilan ish ko‘rgani, ko‘p kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani oshkor bo‘ldi va 64-maxsus maktab-internati direktori Shuhrat Sadinov, tarbiyachilar SH.Ochilov va Z.Salimovlar sud zalidan ozod qilindi.