Joriy yilning 2 dekabr kuni Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yashovchi M.K. uyida oilaviy janjal oqibatida turmush o‘rtog‘i R.J. (ismli ayol)ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, R.J. kasalxonaga yotqizilgan. M.K. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.