Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Samarqanddagi binafsha rangli suvi qayerdan oqizilganligi ma’lum bo‘ldi

Samarqanddagi  binafsha rangli suvi qayerdan oqizilganligi ma’lum bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahar “Chuqur yo‘li” (Kurchatova) ko‘chasi hududidan oqib o‘tuvchi “Chashma” va “Siyobcha” kollektorlarining birlashish qismidan binafsha rangdagi, tarkibida ifloslantiruvchi moddalar me’yoridan ortiqcha bo‘lgan oqova suvlar  oqayotganligi  yuzasidan xabar berilgan edi. 

Ekologiya qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qilishicha, olib borgan o‘rganish va surishtiruvlar natijasida Samarqand viloyati “Suv ta’minoti” MCHJga qarashli SP-3 oqova suv ko‘tarib berish stansiyasi ishlamayotganligi sababli shu vaziyat yuzaga kelgani ma’lum bo‘lgan edi.

Olib borilgan tezkor tadbirlarda baxmal mato ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadigan “Sayyora tekst” oilaviy korxonasida ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan oqova suvlar belgilangan tartibda tozalanmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri oqava suv tashlash tarmog‘iga tashlanayotganligi aniqlandi. 

Hozirda mazkur holat to‘liq bartaraf etilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Kiritildi: 17:32 08.05.2021. O'qildi: 3582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!