Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Samarqanddagi 9 qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi (foto)

Samarqanddagi 9 qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi (foto)

Joriy yilning 8 iyundan 9 iyunga o‘tar kechasi, taxminan soat 00.45 larda Samarqand shahrida 9 qavatli uyning 1-chi qavatida portlash sodir bo‘ldi, jarohat olganlar yo‘q.

"Zarnews.uz"ning yozishicha, ushbu ko‘p qavatli uy 24-sonli o‘rta maktabning yaqinida joylashgan bo‘lib, mahalliy aholi tomonidan "Titanik" deb ataladi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan paytda xonadonda hech kim bo‘lmagan.  Hozirgi vaqtda uy egasi oilasi bilan chet elda. Vaqti-vaqti bilan opasi kelib uydan xabar olib turgan.

Zarnews.uz saytiga xabar berishlaricha, yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan yong‘in tezda bartaraf etilgan.

Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.

Kiritildi: 10:41 10.06.2019. O'qildi: 2065 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!