Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Samarqandda yuk mashinasi yonib ketdi. Surishtiruv olib borilmoqda

A A A
Samarqandda yuk mashinasi yonib ketdi. Surishtiruv olib borilmoqda

Joriy yilning 26 dekabr kuni soat 04:00 larda, Samarqand shahar hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1079 kilometrida “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, “MAN” rusumli yuk avtomobilining yukxonasidagi muzlatgichda qisqa tutashuv sodir bo‘lgan va uning ortidan yong‘in yuzaga kelgan. Ushbu yong‘in transport vositasining kabina qismiga ham ta’sir etgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Ushbu holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:36 26.12.2021. O'qildi: 2268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!