Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Samarqandda yuk mashinasi yonib ketdi

Samarqandda yuk mashinasi yonib ketdi

Kecha, 6 iyul kuni Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Bulung‘ur tumani M-39 avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan “VOLVA” rusumli yuk mashinasida yong‘in yuzaga kelganligi yuzasidan xabar kelib tushgan. 

Yong‘in kelib chiqishiga avtomashinaning orqa shinalari yorilib ketishi sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, uning yukxonasida 21800 kg miqdorda qurilish uchun mo‘ljallangan bo‘yoq mahsuloti bo‘lgan. 

Xabarga ko‘ra, voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borgan viloyat FVBning yong‘in-qutqaruvchilari o‘z vaqtida yong‘inni bartaraf etgan. 

FVV tizimi xodimlarining samarali harakatlari tufayli mashina salonidagi haydovchining hayoti saqlab qolindi.

Kiritildi: 16:23 07.07.2020. O'qildi: 3120 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!