20-21 mart kunlari Samarqandda Humo Arenadan keyingi ikkinchi eng katta muz saroyi ochiladi. Ko‘p funkqiyali muz saroyi turli sport o‘yinlari va madaniy tadbirlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Savdo markazlarida joylashgan muz maydonlaridan farqli o‘laroq, bu muz maydoni 2 minggacha tomoshabin sig‘adigan, barcha infratuzilmalarga ega, nafaqat mashg‘ulotlar, balki professional musobaqalar o‘tkazish imkonini beradigan muz saroy hisoblanadi.
Arena xalqaro xokkey arenalari talablariga javob beradigan VIP zali, fitnes zali, xoreografiya zali va shu kabi yordamchi inshootlarni o‘z ichiga oladi. Tribuna 1900 kishiga mo‘ljallangan. Yaqin kelajakda ushbu maydonda bolalar xokkey maktabi ochilishi rejalashtirilmoqda.