Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Samarqandda “uddaburon folbinlar” ziyoratchi ayolni o‘marishdi

Samarqandda  “uddaburon folbinlar” ziyoratchi ayolni o‘marishdi

Namangan viloyatining Chust tumanidan kelgan ziyoratchi U. Samarqand shahrining Hazrati Xizr majmuasi va “Siyob dehqon bozori” atrofida sayohat qilib yurgan vaqtida, bir nechta ayollar kelib, unga “fol ko‘rib qo‘yishlarini”, buning uchun cho‘ntagidagi bor pullarini chiqarib kaftiga qo‘yishini aytadi.

Firibgarning nayrangiga tushgan U. pullarini qo‘liga olgan vaqtida ayollardan biri pulni teginib, ichidan bir qismini sezdirmay olib qo‘yadi va juftakni rostlaydi.

Samarqandda  “uddaburon folbinlar” ziyoratchi ayolni o‘marishdi

Pullarini sanab ko‘rgan U. “uddaburon folbinlar” uning 360.000 so‘m pullarini o‘marib ketishganligini bilib qoladi. Bunday vaqtda har bir fuqaroning ongiga birinchi bo‘lib IIB xodimlariga murojaat qilish kelishi tabiiy. U. ham shunday qildi. Shu atrofda xizmat maskani bo‘lgan Samaraqand viloyati IIB xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlariga murojaat qildi.

Olib borilgan tezkor surishtiruv tadbirlari natijasida ushbu holatni 1983 yilda tug‘ilgan M.I. sodir etgani aniqlanib, 360.000 so‘m pullar jabrlanuvchiga qaytarildi.

M.I.ga nisbatan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

Kiritildi: 17:42 25.11.2020. O'qildi: 2348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!