Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Samarqandda tungi klubda dam olmoqchi bo‘lganlar do‘pposlandi

Samarqandda tungi klubda dam olmoqchi bo‘lganlar do‘pposlandi

2022 yil 07 avgust kuni fuqaro E.B. o‘zining tanishi bilan Samarqand shahrida joylashgan “Bassiane” nomli tungi klubga dam olish maqsadida kirmoqchi bo‘lgan vaqtida, klubda qo‘riqchi bo‘lib ishlovchi R.M. ularni klubga kiritmasligini aytib, turli nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilib, bir guruh sheriklari bilan ularni urib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro R.M. va boshqa shaxslarga nisbatan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Janjalda bir kishi vafot etganligi to‘g‘risidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Kiritildi: 11:36 30.08.2022. O'qildi: 3759 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!