Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Samarqandda tarkibida oltin bo‘lgan tosh o‘g‘rilari qo‘lga olindi

Samarqandda tarkibida oltin bo‘lgan tosh o‘g‘rilari qo‘lga olindi

Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida Navoiy kon metallurgiya kombinati tasarrufidagi Janubiy kon boshqarmasiga qarashli 4-sonli Gidrometallurgiya zavodining Ma’dan maydalash uchastkasining uch nafar ishchisi jinoiy til biriktirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ular shu yilning 23 dekabr kuni umumiy qiymati 6 961 035 so‘mlik tarkibida 20,67 gr. oltin moddasi bo‘lgan 386 kg. ma’danli toshlarni o‘g‘irlab chiqib ketayotgan vaqtlarida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:44 25.12.2018. O'qildi: 1674 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!