Tarmoqlarda Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan janjal videolavhasi tarqaldi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea shu yilning 4 mart sanasida Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomli bog‘da sodir bo‘lgan. U yerda Samarqand davlat universiteti talabalari mushtlashishgan. Ma’lumotlarga ko‘ra janjalda ishtirok etgan Tarix fakultetining 1 kurs talabalari O. R., Z.O., I.T., A.T., SH.T., S.A.lar o‘sha janjalda faollik ko‘rsatishgan va buning oqibatida o‘qishdan haydalgan.
Ularning guruh murabbiylari L.Elimov va A.Xoliqulovlar "hayfsan" olgan.