Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Prokuratura organlari va Sudyalar oliy kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolik ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudining sudyasi 300 AQSh dollari miqdorida pora olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
➡️Aniqlanishicha, mazkur tuman sudining 2022 yildagi hal qiluv qaroriga asosan, 1989 y.t. ayolning 2022 y.t. farzandi voyaga yetguniga qadar javobgar hisoblangan – 1983 y.t. fuqarodan aliment undirish belgilangan.
📞Ammo, javobgar tomon ushbu qarorni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida FIB Pastdarg‘om tuman sudiga ariza bilan murojaat qilgan.
📨Sudya esa o‘z ish yurituviga kelib tushgan ushbu arizaga asosan, joriy yilning 27 fevral kuni sudning 2022 yildagi hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni mazmunan qayta ko‘rishni 11 mart kuniga tayinlagan.
💵Shuningdek, u ishni da’vogarning foydasiga ijobiy hal etib berish evaziga undan 300 AQSh dollari talab qilgan.
📌Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan sudyaga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.