Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Samarqandda selda qolgan olti bola qutqarildi

A A A
Samarqandda selda qolgan olti bola qutqarildi

Bugun Samarqand shahrida yomg‘ir yog‘ishi natijasida Fidoyilar mahallasida joylashgan 52-uy suvga to‘lgan. Qutqaruvchilar bu vaziyatda olti bolani uydan olib chiqqan.

Birlik ko‘chasi 1-tor ko‘cha 5-uyda yashovchi fuqaroning aytishicha, uy yerto‘lasini suv bosgan.

Mahmud Koshg‘ariy ko‘chasida harakatlanayotgan “Neksiya” rusumli, Rudakiy ko‘chasida “Damas” rusumli avtomashinalar yo‘l yaxshi ko‘rinmagani tufayli ariqqa tushib ketgan. Qutqaruv otryadining maxsus mashinalari yordamida ushbu avtomobillar ariqdan chiqarib olingan.

Ko‘chalarni suv bosgani va aholi hamda transportlarning harakatlanishi uchun noqulaylik tug‘dirgani kuzatildi. Jumladan, O‘zbekiston, Spitamenshoh, Narpay, Firdavsiy, Mirzo Ulug‘bek, Mahmud Koshg‘ariy ko‘chalarida ariqlar toshib, avtomobil yo‘llarini suv bosgan.

Shahardagi toshqin tufayli qurbon bo‘lganlar aniqlanmadi.

Turon24

Kiritildi: 10:12 01.11.2018. O'qildi: 1383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik