Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Samarqandda restoran egasi va uning o‘g‘illari kaltaklandi (VIDEO)

Samarqandda restoran egasi va uning o‘g‘illari kaltaklandi (VIDEO)

Samarqandda bir guruh yoshlar "Shuhrat" restorani xo‘jayini va uning oila a’zolarini kaltakladilar.

Restoranda katta mushtlashuvga restoran egasi bilan to‘y tashkilotchilari o‘rtasidagi janjal sabab bo‘lgan. Hodisa shu yilning 18 iyul kuni soat 15:30 atrofida sodir bo‘lgan.

"Shu kuni to‘y "Shuhrat" restoranida bo‘lib o‘tishi kerak edi, o‘sha paytga kelib barcha taklif etilgan mehmonlar ko‘chada kutishardi. Hammasi tayyor, mehmonlarni ichkariga kiritishsa bo‘ldi edi", - deb izoh berishdi viloyat Ichki ishlar boshqarmasidan.

Shundan so‘ng restoran egasi va mijoz o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Mojaroga to‘y tantanasi egasining qarindoshlari ham qo‘shilishdi. Ommaviy mushtlashuv natijasida restoran egasi va uning ikki o‘g‘li kaltaklandi. Ulardan biri jiddiy jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Ushbu fakt bo‘yicha Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:49 30.07.2021. O'qildi: 5908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!