Bugun 19 iyun kuni mahalliy vaqt bilan 13:20lar atrofida Samarqand viloyati hududida kuchli bo‘ron kuzatilgan. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda bir qator video va foto tasvirlar paydo bo‘ldi, deya xabar berdi "xs.uz".
Ma’lumotlarga ko‘ra, shamol o‘zi bilan qum uyumlarini ham havoga ko‘targan va natijada qum bo‘roni yuzaga kelgan. Qayd etilishicha, qum bo‘roni hududdagi daraxtlarni ag‘darib, elektr uzatish tizimlariga ham jiddiy zarar yetkazgan.

