Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Samarqandda oilaviy janjal o‘lim bilan tugadi

Samarqandda oilaviy janjal o‘lim bilan tugadi

Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida 2018 yilning 13 noyabr kuni Buloqboshi mahallasida yashagan 32 yoshli F.K. tanjarohati bilan behush holda kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 15 noyabr kuni vafot etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida shu yilning 9 noyabr kuni  marhum F.K. uyida birga yashovchi turmush o‘rtog‘i YU.YA. bilan o‘zaro janjallashayotgan vaqtlarida shu mahallada yashovchi U.O‘. ularni ajratmoqchi bo‘lib, tog‘asi F.K.ning orqasidan itarib yuborishi natijasida u boshi bilan temir krovatga urilib jarohat olgan. 13 noyabr kuni esa F.K. turmush o‘rtog‘i YU.YA. bilan takroran janjallashgan vaqtlarida ayol erining boshiga tayoq bilan urgan vaqtida hushini yo‘qotganligi aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, YU.YA. va U.O‘.lar ushlanganlar. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:36 17.11.2018. O'qildi: 1992 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!