Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Samarqandda "Neksiya" yo‘lda yotgan 20 yoshli yigitni bosib ketdi

Samarqandda "Neksiya" yo‘lda yotgan 20 yoshli yigitni bosib ketdi

Joriy yilning 11 sentyabr kuni soat 5:30 larda, Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani hududidan o‘tgan 4M 503 avtomobil yo‘lining 4-kilometrida, haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan M.A. “Neksiya” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, oldinda, yo‘l qatnov qismining o‘rtasida mast holda, choponga o‘ranib yotgan, piyoda 2000 yilda tug‘ilgan A.E.ni ustidan bosib o‘tib, YTH sodir etgan.

Natijada, 20 yoshli A.E. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:45 12.09.2020. O'qildi: 3330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!