Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Samarqandda mudhish qotillik: aka-uka o‘ldirib ketildi

A A A
Samarqandda mudhish qotillik: aka-uka o‘ldirib ketildi

4 iyul kuni soat 10:00 larda Kattaqo‘rg‘on tuman “Zarqo‘rg‘on” mahallasi Ko‘kan qishlog‘idan oqib o‘tuvchi “Chiqish” kanalining chap qirg‘og‘idan Ravshan Faxriddinov va uning ukasi Rishat Faxriddinovning jasadlari qotillik alomatlari bilan topilgan.

Jinoyatni fosh etish maqsadida olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyat Kattaqo‘rg‘on shahar “Do‘stlik” mahallasida yashovchi fuqaro tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Bu fuqaro 3 iyul kuni uyining chiqindilarini to‘kish uchun chiqqanda unga notanish bo‘lgan ikki shaxs, ya’ni marhumlarni araq ichishga uyiga taklif qilgan. Shu orada ular orasida janjal chiqqan va uy egasi aka-uka Faxriddinovlarga oshxona pichog‘i bilan og‘ir tan jarohati yetkazgan. Natijada ikkalasi ham vafot etgan.

Qotillik qurbonlari voqea joyida ancha vaqtgacha qolib ketgan (12 soat davomida).

Kiritildi: 11:17 06.07.2019. O'qildi: 3767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik