Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Samarqandda maktab o‘qituvchisi 11-sinf o‘quvchisini do‘pposladi

A A A
Samarqandda maktab o‘qituvchisi 11-sinf o‘quvchisini do‘pposladi

2019 yilning 23 fevral kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida joylashgan o‘rta maktabning chaqiriqqa qadar yoshlarni tarbiyalovchisi D.B. sinf xonasida o‘zaro janjal oqibatida shu maktabning 11-sinf o‘quvchisi J.X.ning qorniga qo‘li bilan urib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, J.X. kasalxonaga yotqizilgan. D.B. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:53 02.03.2019. O'qildi: 2503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik