Bugun 26 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Samarqandda ko‘p yillik chinor daraxti kesib tashlandi

A A A
Samarqandda ko‘p yillik chinor daraxti kesib tashlandi

Samarqand viloyatining Toyloq tumanida fuqaro hech qanday ruxsatnomasiz noqonuniy tarzda ko‘p yillik chinor daraxtini kesib tashladi. Daraxt kesilishi oqibatida tabiatga 115 125 000 so‘m zarar yetkazilgan.

Viloyat Ekologiya boshqarmasining xabar berishicha, tumanning “Xo‘jayuz“ MFY hududida joylashgan mahalla hovuzi atrofidagi bir tup ko‘p yillik o‘sib turgan chinor daraxti shu mahallada yashovchi fuqaro S.R tomonidan hech bir ruxsatlarsiz noqonuniy ravishda kesib tashlaganligi holati aniqlandi.

Toyloq tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor o‘rganishlar jarayonida huquqbuzar fuqaro daraxtni noqonuniy tarzda kesib tashlashi oqibatida tabiatga 115 125 000 so‘m zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatda o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdorida jinoyat alomatlari borligi sababli aybdor shaxslarga nisbatan qonun talablariga muvofiq tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga taqdim etildi.
Kiritildi: 14:32 04.02.2025. O'qildi: 2961 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!