Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Samarqandda konservadan zaharlangan bemor vafot etdi

A A A
Samarqandda konservadan zaharlangan bemor vafot etdi

Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida besh kishi ovqatdan zaharlangan. Ulardan biri vafot etgan.

Ma’lumotga ko‘ra, Bulung‘ur tuman tibbiyot birlashmasi qabul bo‘limiga joriy yilning 7 fevral kuni tumanning “Mingtepa” MFYda yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan I.E. tez tibbiy yordam mashinasida olib kelingan. Tibbiy tekshiruvlardan so‘ng unga botulizm tashxisi qo‘yilgan.

Tibbiy surishtiruv davomida bemor qishloqdoshi A.T. xonodonida bir kun oldin besh nafar kishi bilan palov va uy sharoitida tayyorlangan konserva (manirovka) iste’mol qilganligi aniqlangan.

Tezkor tadbir davomida tez tibbiy yordam mashinasida A.T., uning turmush o‘rtog‘i G.T., o‘g‘li SH.T va qo‘shnisi B.B. shifoxonaga olib kelingan.

Intensiv davo muolajalari hamda botulizmga qarshi zardob berilishiga qaramasdan I.E.ning axvoli tobora og‘irlashib, 8 fevral kuni tungi soat 03:30 da vafot etgan.

Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar bergan.

Kiritildi: 09:59 12.02.2021. O'qildi: 2358 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik