Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Samarqandda Konfusiy xiyoboni barpo etilmoqda

A A A
Samarqandda Konfusiy xiyoboni barpo etilmoqda

Samarqand davlat universiteti hududida Xitoyning buyuk faylasufi Konfusiy haykali va xiyoboni qurilish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda «Xalq so‘zi» xabar bermoqda.

Mazkur xiyobonni bunyod etish Jomboy tumanidagi «Qurilish materiallari kombinati» mas’uliyati cheklangan jamiyati ustalari tomonidan amalga oshirilmoqda.

— Qurilish ishlarini shu yilning fevral oyida boshlagan edi. Ularga 30 nafardan ortiq quruvchi hamda 10 ga yaqin texnika jalb qilingan. Hozirgi kungacha 60 foiz ish bajarildi. Zamonaviy landshaft dizayndagi xiyobon qurilishi tez orada nihoyasiga yetkaziladi, — deydi jamiyat ish boshqaruvchisi Rahimjon Mo‘minov.

 

Kiritildi: 13:07 23.06.2018. O'qildi: 1607 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik