Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Samarqandda “Innoweek-2022” innovasion g‘oyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Samarqandda “Innoweek-2022” innovasion g‘oyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahrida 23-24 avgust kunlari Innovasion rivojlanish vazirligi, Innovasiyalar Milliy ofisi, Samarqand viloyati hokimligi tomonidan “Innoweek-2022” innovasion g‘oyalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad tadbirkorlarni, ishbilarmon va yosh olimlarni, startap egalarini bitta maydonga to‘plash, ular uchun imkoniyatlar yaratish, loyihalarni rivojlanishida ko‘makchi bo‘lish hisoblanadi.

Samarqandda “Innoweek-2022” innovasion g‘oyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Mazkur ko‘rgazma Samarqand shahar Monomarkaz binosida 2 kun davomida o‘tkazildi va unda oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari, tadbirkorlik, startap korxonalari tomonidan 170dan ortiq innovasion ishlanmalar, texnologiyalar va mahsulotlar namoyish etildi.

Samarqandda “Innoweek-2022” innovasion g‘oyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Samarqandda “Innoweek-2022” innovasion g‘oyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Ko‘rgazma doirasida tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Shuningdek, ko‘rgazma doirasida viloyatdagi iqtidorli yoshlarni qamrab olib ularning innovasion loyihalarni rag‘batlantirishga qaratilgan Technoways texnologik rivojlanish marafoni o‘tkazildi. Ushbu marafondan asosiy maqsad, hududdagi iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash, innovasion loyihalarni ko‘paytirish va rivojlantirish hisoblanadi.

Mazkur marafonda jami 45 nafar iqtidorli yoshlar o‘zining innovasion g‘oyalari va ishlanmalari bilan ishtirok etdi. Eng yaxshi 3 ta loyiha saralab olinib, qimmatbaho estalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Samarqandda “Innoweek-2022” innovasion g‘oyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Samarqandda “Innoweek-2022” innovasion g‘oyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Ko‘rgazma tadbirkorlar uchun yangi loyihalar bilan tanishish, mahsulotlarni rivojlantirish va o‘zaro hamkorlikni kengaytirishda katta imkoniyatlar maydoni bo‘lib xizmat qildi.

Kiritildi: 17:38 25.08.2022. O'qildi: 1854 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!