Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Samarqandda IIB xodimlari ikkita jinoyatning oldini oldi

Samarqandda IIB xodimlari ikkita jinoyatning oldini oldi

Urgut tumani2021 yil 16 yanvar kuni Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB ga tumanning “Quyi Algar” mahallasida yashovchi, X. ariza bilan murojaat qilib, Surxondaryo viloyatida yashovchi X.U. telefon qilib, qaynsinglisini o‘zi bilan tushgan uyatli foto suratlari borligi, ushbu foto suratlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatmaslik evaziga 800 AQSh dollari talab qilayotganligini bayon qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. 

2020 yil 17 yanvar kuni, Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB JQB xodimlari tomonidan Samarqand shahridagi "Samarqand-Toshkent" avtobekati oldida o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, X.U. ariza muallifidan qonunga xilof ravishda 500 AQSh dollari va 1.600.000 so‘m pullarni olib, uyatsiz fotosuratlari mavjud bo‘lgan telefon apparatini X. ga bergan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olinib, hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksning 165-moddasi (Tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand shahriSHuningdek, 2021 yil 16 yanvar kuni Jomboy tumanida yashovchi, E.  Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB ga ariza bilan murojaat qilib, Samarqand shahar Sug‘diyona maskanida yashovchi, tanishi M.F. unga telefon qilib, uning yalang‘och tushgan rasmlari telefon apparatida borligini, 2.000 AQSh dollar bermasa, ushbu rasmlarni internet tarmog‘iga joylashtirishni aytib, undan pul so‘rayotganligi, M. ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

2021 yil 16 yanvar kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB JQB xodimlari tomonidan Samarqand shahar Marhabo mahallasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.F. ariza muallifidan tadbirda ishlatilgan 1.045.000 so‘mga teng bo‘lgan, 1.000 AKSh dollarini olayotgan vaqtida ushlanib, hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan  Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:51 18.01.2021. O'qildi: 2171 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!