Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Samarqandda IIB xodimiga pora taklif qilishdi

Samarqandda IIB xodimiga pora taklif qilishdi

2021 yil 6 yanvar kuni Bulung‘ur tumani Sohibkor MFYda yashovchi, muqaddam Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan aybli deb topilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi apellyasiya instansiyasining ajrimi bilan tayinlangan jazosi ozodlikni cheklash jazosiga almashtirilgan, A.J. ning yashash xonadoni probasiya inspektori A.Tashmuradov tomonidan tekshirilganda, ma’muriy nazorat qoidalarini buzib, soat 21:00dan so‘ng, yashash uyida yo‘qligi va ko‘chada spirtli ichimliklar iste’mol qilib yurganligi aniqlangan.

A.J. ushbu holatni rasmiylashtirmaslik va jazoni almashtirish uchun sudga hujjatlarini qaytarib yubormaslik evaziga probasiya guruhi inspektoriga 100 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtda O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘XB Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi hamda Departamentning Bulung‘ur tumani bo‘limi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 17:58 11.01.2021. O'qildi: 2042 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!