Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Samarqandda hokim ham karantinga olingan

Samarqandda hokim ham karantinga olingan

Payariq tuman hokimi Turkiyaga safari sababli karantinga olingan. Bu haqda tuman matbuot xizmati xabar bermoqda, deyiladi "Xalq so‘zi ONLINE" xabarida.

Ma’lum qilinishicha, Payariq tuman hokimi karantin e’lon qilinmasidan avval Turkiyaga xizmat safari bilan borib kelgan. Fuqarolar esa tuman hokimi hozir qayerda, Turkiyadan keldimi, kabi murojaatlar bilan chiqishmoqda.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi 176-son qaroriga asosan, chet davlatlardan qaytgan fuqarolar 14 kun davomida uyda yoki maxsus belgilangan joyda izolyasiya sharoitida bo‘lish belgilab qo‘yilgan.

Shu munosabat bilan, bugungi kunda tuman hokimi D.Musinov karantinda bo‘lib, sog‘lig‘ida hech qanday salbiy o‘zgarishlar yo‘q va karantin davri tugagandan so‘ng yaqin kunlarda ish faoliyatini boshlashini ma’lum qilingan.

Kiritildi: 16:41 01.04.2020. O'qildi: 3822 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!