Samarqand tumanida shu yilning 2 yanvar kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi R.J. boshqaruvidagi Kobalt rusumli avtomashinani Yangiariq mahallasi hududidan o‘tuvchi Samarqand-Qarshi yo‘lining 6-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay shu yerdagi aylanma yo‘l beton to‘sig‘iga urilib, ag‘darilib ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, avtomashina yo‘lovchisi SH.X. jarohat olib voqea joyida vafot etgan va qolgan uch nafar yo‘lovchilari jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.