Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Samarqandda fojia: 2 kishi o‘ldi, 11 kishi kasalxonada

Samarqandda fojia: 2 kishi o‘ldi, 11 kishi kasalxonada

Joriy yilning 16 mart kuni soat 21:40da Samarqand viloyati, Narpay tumani, Mirbozor qo‘rg‘oni hududidan o‘tuvchi “Samarqand-Buxoro” M-37 avtomobil yo‘lining 105-kilometrida "Lacetti" rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qatnov qismini ajratib turuvchi beton to‘siqni buzib o‘tib, shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan “Gazel” rusumli mikroavtobus bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Shu yo‘nalishda harakatlangan “VAZ 2106” va "Nexia-2" rusumli avtomashinalar shikastlangan, ushbu avtomashina haydovchilari tan jarohati olishmagan. YTH natijasida, “Gazel” rusumli mikroavtobusning haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisi hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etishgan. Yana bir yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari bilan tibbiy muassasaga yotqizilgan.

Mikroavtobusda bo‘lgan 9 nafar yo‘lovchi va "Lacetti" rusumli avtomashina haydovchisi turli xil darajada tan jarohat olib tibbiyot muassasasiga murojaat qilishgan. 

Kiritildi: 12:24 17.03.2020. O'qildi: 7537 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!