Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Samarqandda fohishalarni yoqib yuborishdi (VIDEO)

Samarqandda fohishalarni yoqib yuborishdi (VIDEO)

Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida ikki nafar yigit jinsiy yaqinlik uchun kelgan ikki nafar ayolni o‘ldirdi. Bu haqda «Zamon» informasion dasturida xabar qilindi, deb yozadi Daryo.

Aytishlaricha, ular qizlarni do‘stlari orqali topgan. Tanishib, uchrashishga kelishishgan. Ayollar manzilga kelgach, joy masalasida tortishib qolishgan. 20 yoshli yigit janjal davomida qizlardan birini pichoqlagan.

«Onamni haqorat qilgani uchun jahl ustida pichoqlab qo‘ydim», — degan u.

Mast yigitlar jinoyatning ochilishidan, qamoqdan qo‘rqqani uchun boshqa bir qizni sherigiga pichoq urishga majburlagan.

Ular qizlardan birining joni uzilmaganini bilib, ariq bo‘yiga olib borgan. Mashinadagi ko‘rpacha va yostiqlarni uning ustiga tashlab, iz qoldirmaslik maqsadida yoqib yuborgan.

Holat yuzasidan sud 20 yoshli sudlanuvchiga 19 yil qamoq jazosi tayinladi. Uning sherigi esa 17 yilga qamalgan.

Kiritildi: 22:08 03.07.2022. O'qildi: 18233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!