Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Samarqandda fizikadan savollarni tarqatgan abituriyent

A A A
Samarqandda fizikadan savollarni tarqatgan abituriyent

Ma’lum qilinishicha, fizika fanidan test topshiriqlari aks etgan kitob 7 avgust kuni Samarqand viloyatida o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli. Buni tarqatgan abituriyent sinov vaqtida telefondan foydalangani videokuzatuv orqali aniqlangan. U Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 52-bandiga muvofiq test sinovidan chetlashtirilgan.

Qayd etilishicha, matematika fanidan savollar aks etgan test topshiriqlari kitobi 2020 yilgi, O‘zbekiston tarixidan savollar aks etgan test topshiriqlari kitobi esa 2021 yilgi diagnostik test sinovlariga taalluqli. Bu testlar 2021/2022 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tegishli emas.

Avvalroq O‘zbekistonda test sinovi materiallari yana tarqab ketgani va DTM internetda tarqalayotgan test materiallari yuzasidan izoh bergani ma’lum qilingan.

Kiritildi: 22:35 08.08.2021. O'qildi: 2959 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik