Shu yil 7 iyun kuni soat 19:30larda Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashagan 47 yoshli B.B. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasini Tayloq tumani Shokkash mahallasi hududidan o‘tuvchi “Tayloq-Urgut” yo‘lining 3-kmda haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, Tayloq tumanida yashagan 27 yoshli A.H.ning boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. To‘qnashuvdan “Damas” avtomashinasi yo‘l chetidagi ariqga tushib ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, natijada ikkala avtomashina haydovchilari kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtlarida vafot etganlar. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.