Samarqandda er turmush o‘rtog‘ini pichoqlab o‘ldirdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, 3 iyul kuni Samarqand shahrida Kimyogarlar qo‘rg‘onida yashovchi F.R. uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashagan turmush o‘rtog‘i D.K. ismli ayolning qorin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.
Natijada D.K. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. F.R. qo‘lga olindi.