ACWA Power Company (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi "Samarkand viloyatining Nurobod tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini, quvvati 334 MVt elektr energiyasini saqlash tizimini hamda uning faoliyatini ta’minlashga xizmat kiluvchi podstansiyani qurish uchun jami salkam 1,8 mlrd. so‘m investisiya kiritadi.
Bu haqda 4 iyul kuni prezidentning 2 ta qarori imzolangan. Buning uchun Sazagan Solar 1 bo‘yicha 758 mln. dollar, Sazagan Solar 2 bo‘yicha esa 1 mlrd. 049 mln. dollar miqdorida xorijiy investisiya jalb qilinadi.
Bunda aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, elektr energiyasi ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish maqsad qilingan.
Investisiya loyihasi doirasida fotoelektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tapmoqlariga ulash uchun podstansiya va h,avo elektr uzatish tarmoqlari loyiha kompaniyasi tomonidan qurilishi, ishga tushirilgandan so‘ng loyiha kompaniyasi ularni "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJga topshirish majburiyati yuklatilgan.
Sarflangan xarajatlar "Uzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan 10 yil davomida oylik to‘lovlar asosida qoplanadi.