2021 yil 13 may kuni soat 10:00larda Samarqand shahar L.Tolstoy ko‘chasida «Cobalt» mashinasi haydovchisi B.A. boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida mazkur ko‘chadan oqib o‘tuvchi ariqqa tushib ketgan.
Hodisada hech kim tan jarohati olmagan. Faqat mashinaga moddiy zarar yetgan. Holat bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda.