Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Samarqandda chiqindi uchun to‘lov tariflari oshiriladi

Samarqandda chiqindi uchun to‘lov tariflari oshiriladi

Samarqand viloyatida chiqindi uchun to‘lov tariflari oshiriladi. Bu haqda Xalq deputatlari viloyat Kengashi qarori qabul qilindi.

Qaye etilishicha, maishiy chiqindi uchun Samarqand shahri va tumani aholisi bir oyda bir kishi uchun 5600 so‘m, boshqa tuman va shaharlar aholisi esa 4624 so‘mdan to‘laydi. Shu paytgacha bu miqdor Samarqand shahri va tumanida 5000 so‘m, viloyatning boshqa tuman va shaharlarda esa 4129 so‘m edi.

Qarorga «Soliq va byudjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuniga asosan sanitariya jihatdan tozalash bo‘yicha aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni realizasiya qilishga doir aylanmaga nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinishi bekor qilinganligi va tegishli tashkilotlarning xulosalari asos bo‘lgan.

Kiritildi: 23:49 26.04.2024. O'qildi: 944 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!