Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Samarqandda bosqinchilar qo‘lga olindi

Samarqandda bosqinchilar qo‘lga olindi

2019 yil 17 fevral kuni Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yashovchi A.Q. soat 00:30larda boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashinasi bilan O‘tarchi mahallasi hududida ketayotgan vaqtida 5 nafar noma’lum shaxslar uni to‘xtatib, tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, so‘ng bosqinchilar uni ovloq joyga olib borib, avtomashina salonidan 5 000 AQSh dollari va sariq metalldan yasalgan uzugini olib voqea joyidan yashiringanlar.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Pastdarg‘om tumani O‘tarchi mahallasida yashovchilar I.U., Z.N. J.X., A.J. va S.S.lar sodir etganliklari aniqlanib, qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:35 18.02.2019. O'qildi: 1780 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!