Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Samarqandda bolalarning ustidan pul sochgan erkakka chora ko‘rildi

Samarqandda bolalarning ustidan pul sochgan erkakka chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Urgutlik yigitning pul sochayotgani aks etgan lavha ko‘plab yutdoshlarimiz orasida turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Holat IIB tomonidan o‘rganib chiqildi. 

Urgut tumani “Vag‘ashti” mahallasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan N.J. Ramazon hayiti munosabati bilan qarindosh va qo‘shnilarini mehmondorchilikka chaqirib, ularning farzandlarini xursand qilish maqsadida ustilariga pul sochgan.  

N.J. bilan olib borilgan suhbat davomida u qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini bildirdi.

Fuqaro va uning yaqin qarindoshlari bilan kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida profilaktik suhbat o‘tkazilib, fuqaroga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Kiritildi: 21:11 13.05.2021. O'qildi: 5646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!