Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Samarqandda bir guruh bosqinchilar ushlandi

Samarqandda bir guruh bosqinchilar ushlandi

Samarqand viloyatining Qo‘shrobod tumanida shu yil 1 dekabr kuni noma’lum shaxslar yuzlariga niqob kiygan holda Shovona MFYda yashovchi SH.O.ning uyiga bostirib kirib, uni o‘tkir tig‘li jism bilan qo‘rqitib, yotoqxonasidan «iPhone-5», «Artel» va «Samsung» mobil telefonlari hamda 1 dona «NR» noutbukini olib, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Navoiy viloyati yashovchi S.N., hamqishloqlari X.M., F.A., J.Z., Qo‘shrobod tumanida yashovchi D.A. va Narpay tumanida yashovchi B.B.lar sodir etganliklari aniqlanib ushlangan. Ashyoviy dalil sifatida mobil telefonlari olingan. Tergov davom etmoqda.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 17:09 09.12.2018. O'qildi: 1495 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!