Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Samarqandda ayol qo‘shnisini o‘ldirish uchun qotil yolladi

Samarqandda ayol qo‘shnisini o‘ldirish uchun qotil yolladi

Samarqand viloyati prokuraturasining tergovchisi bizga hamsoyasidan qutulish uchun qotil chaqirgan ayol haqida ma’lumot berdi.

Halima Saidova va Munavvar Xurramovaning uylarini bitta devor ajratib turadi. Bir necha yildan beri ular yumshoq qilib aytganda o‘zaro kelisholmay yashagan.

Har kuni ertalab qo‘shnilar hovli supurishga chiqqanda bir parcha yerni talashib janjal chiqaraverishgan. Ko‘pincha bir-birini do‘pposlashgacha borgan. Mahalla vakillari va profilaka inspektorlari ularni qancha tartibga chaqirmasin foydasi bo‘lmagan. Ko‘pchilikning bosimi ostida yarashishga majbur bo‘lgani bilan, Halima tinchlanmagan.

Eslatma: materialning ba’zi joylari kishini hayratlantirishi mumkin. Bundan tashqari, Repost.uz tahririyati ishtirokchilarning ismi sharifini o‘zgartirdi va o‘zidan badiiy elementlar qo‘shdi.

Oxir oqibat u har kim ham jasorat qila olmaydigan to‘xtamga keldi. U qo‘shnisini o‘ldirish orqali yerga yegalik qilmoqchi bo‘ladi.

Munavvar bilan bo‘lgan oxirgi janjaldan keyin, u o‘z qaroriga ishonch hosil qiladi.

Halima opa, shu yo‘lni nima qilasiz? dedi bir kun Xurramova. Baribir qoyillatib tozalab qo‘ymaysiz. Ana rasvosi chiqib yotibdi.

Saidova bunday haqoratga chidab turolmadi. Lekin o‘zi eplay olmasligini bilib, boshqa birovni yollashga qaror qildi. U dushmanini jazolash uchun qotil qidirishga tushdi.

Bozorda u ilgari ro‘parasida yashagan qo‘shnisi Samir aka Azizovni uchratib qoladi. Gapni uzoqdan olib kelib, o‘z dardini ayta boshlaydi.

Odamning asablari qattiq charchasa nima qilish kerak?

Tinchlanishga harakat qilish va muammoga boshqa tomondan qarashga harakat qilish kerak, javob berdi Samir.

Agar birov tinchlanishga qo‘ymay hayotingni zahar qilayotgan bo‘lsa-chi? deya yorildi Halima.

Nima balo, Munavvar bilan haliyam urushyapsizlarmi? so‘radi Samir.

U bilan anchadan beri kelisha olmasligimni bilasiz-ku. Har kungi baqir-chaqirdan charchadim, shunga undan qutulmoqchiman.

Xo‘p nima qilmoqchisiz? deya qiziqdi Samir.

Qotil yollamoqchiman!

Yo‘g‘e, unday hazillashmang, deya kuldi u.

Hazil emas, jiddiy aytyapman qat’iy ta’kidladi ayol. Agar bu ishni eplay oladigan odamlar bo‘lsa mening oldimga jo‘nating.

Halima hayajon va sabrsizlik bilan kutgan kun keldi. Samir aka so‘zida turdi va uning oldiga Abror ismli kishini yubordi.

Uni shunday o‘ldiringki, hech mendan shubhalanmasin, deya shart qo‘ydi Halima.

Qotil rozi bo‘ldi va to‘lov miqdori bilan qziqdi. Savdolashib, 150 dollarga kelishishdi.

Faqat murdani hech kim topa olmaydigan qiling, deydi ayol.

Topa olishmaydi. O‘ldirib Qoradaryoga tashlab yuboraman, deydi qotil.

Abror ishni bajarishi bilanoq pulini olishiga kelishishadi. Lekin ishini isbotlash uchun murdani suratga olib ko‘rsatishi kerak edi.

Uning telefonini ham menga olib keling, deydi Halima.

Qotil Munavvarning uyida nechi kishi borligi va uyidagilar qachon uyda bo‘lishi so‘rab oladi. Saidova Abrorga uchta arqon va bir juft qo‘lqop beradi.

Ikki kundan keyin qotil yarim kechasi telefon qiladi:

Ish bitdi, pulni qachon va qayerda berasiz?

Ular yana uchrashishadi. Abror Saidovaga Munavvarning telefonini beradi. Unda murdaning ikkita surati bor edi. Halima pul olish uchun cho‘ntagiga qo‘lini solganida, orqasidan qadam tovushlari eshitiladi.

O‘zingizni bosing. Siz qo‘lga olindingiz.

Uni IIB xodimlari qo‘lga olishdi.

Ayol birinchi bo‘lib murojaat qilgan Azizov, vaziyat jiddiyligini tushunib, IIB ga boradi va fojia yuz bermasidan buning oldini olish kerakligini tushuntiradi. Agar shunday qilmasa ertami kechmi Halima baribir boshqa birovni topib, shu ishni amalga oshirishini Samir sezadi.

Tezda reja tuzilib Abror ismli xodim o‘ziga qotil rolini oldi. Bechora qo‘shniga ham vaziyat tushintirildi. Keyin Qoradaryoning qirg‘og‘iga olib borib o‘limni soxtalashtirishdi. So‘ngra uni o‘xshatib rasmga olishgan.

Sud Gulnora Rajabovaga 4 yil va 7 oy umumiy rejimdagi koloniyada ozodlikdan mahrum qilishga hukm chiqardi.

Kiritildi: 17:14 10.04.2019. O'qildi: 2256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!