Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Samarqandda ayol chuqurga tushib ketdi

A A A
Samarqandda ayol chuqurga tushib ketdi

Samarqandda ayol chuqurga tushib ketdi.

Hodisa kuni kecha, Samarqand viloyati Samarqand shahrining Gurgli ko‘chasida joylashgan uylarning birida sodir bo‘lgan. Bir kun oldin uy egasi 4 metrli chuqur qazgan, ammo bu chuqurning og‘zini yopish choralarini ko‘rmagan. Shu orada bog‘ tomon yo‘l olgan 52 yoshli N.T. ismli uy bekasi chuqurni ko‘rmay qolib, unga tushib ketgan.

Hodisaga guvoh bo‘lgan fuqarolar zudlik bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruv guruhiga qo‘ng‘iroq qilishgan. Bir necha daqiqa davom etgan qutqaruv jarayonlari natijasida fuqaro chuqurdan olib chiqildi. 

Uy bekasining voqea sababli qo‘rqib ketganligini hisobga olmaganda, u jiddiy jarohat olmagan va shu sababli tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilinmagan.

Kiritildi: 15:53 15.03.2021. O'qildi: 3067 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik