Ayol eri bilan birga yashab turib aliment olib kelgan.
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida aliment masalasi yuzasidan o‘ziga xos holat qayd etildi. Turmush o‘rtog‘ini aliment to‘lamagani uchun sudga bergan ayol keyinchalik sudga murojaat qilib, uni ozod qilishni so‘radi.
Bu haqda MIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, er-xotin aslida bir oilada yashab, farzandlarini birgalikda parvarishlab kelgan. Shu bilan birga, rasmiy ravishda erkak aliment to‘lovchi sifatida ro‘yxatda bo‘lgan.
Oilaviy kelishmovchilik sababli erkak 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Ammo, turmush o‘rtoqsiz ro‘zg‘or yuritish qiyin bo‘lib qolgach, ayol qarzlarni o‘zi to‘lab, 5-kunning o‘zidayoq sudga murojaat qilgan va erini ozod qilishni so‘ragan.
Sud arizani ko‘rib chiqib, ayolning iltimosini inobatga olgan va erkakni muddatidan avval ozodlikka chiqargan.