Kecha Samarqand shahrida muqaddam 26 iyul kunlari uchun kuzatilmagan issiqlik qayd etildi. Bu haqda "O‘zgidromet" meteorologi Erkin Abdulahatov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahrida kuzatuvlar boshlanganidan buyon 26 iyul sanasida +40 darajadan yuqori havo harorati qayd etilmagan ekan. 2021 yilning 26 iyulida Samarqandda birinchi marta shu kun uchun havo harorati +40 darajadan yuqorilagan.
Ko‘hna shahar Samarqandda kecha o‘tgan yilda kuzatilgan rekord issiqlik ko‘rsatgichi qariyb bir daraja yuqorilikda yangilandi, ya’ni +40.9 daraja issiqlik qayd etilgan.