Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Samarqandda avtobusda yong‘in chiqdi

A A A
Samarqandda avtobusda yong‘in chiqdi

2019 yil 29 may kuni soat 19.00larda Samarqand viloyatining Payariq tumanida yashovchi 28 yoshli D.A. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtobusni Oqdaryo tumani Mustaqillik MFY hududidan o‘tuvchi “Samarqand-Buxoro” yo‘lining 12-km.da boshqarib ketayotgan vaqtida avtobusda yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in  o‘chirilgan. Jarohat olganlar yo‘q. Yong‘in avtobusning elektr simlari qisqa tutashuvi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan. Keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 11:48 30.05.2019. O'qildi: 1851 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik