Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Samarqandda 9 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

A A A
Samarqandda 9 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

Samarqand viloyatida 9 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitasiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning barchasi Samarqand viloyatidan (3 nafari Toyloq tumanidan, yana 3 nafari Oqdaryo tumanidan, 2 nafari Payariq tumanidan va 1 nafari Samarqand shahridan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 3 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 59 yoshda, yoshi kichigi esa 9 yoshda.

Viloyatda shu paytga qadar 204 holatda kasallik qayd etilgan  bo‘lsa,  ulardan hozirgacha 103 nafar bemor butunlay ushbu infeksiyadan  sog‘aydi. Ayni paytda viloyatda 101 nafar bemor davolanmoqda.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2055 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 13:13 13.05.2020. O'qildi: 2769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik